Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » ISLOM VA DIN HAQIDA

2015 yil uchun Zakot, Fitr sadaqa va Fidya miqdori belgilandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Qarori bilan 2015 yilgi Zakot, Fitr sadaqa va Fidya miqdori belgilandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2015 yil (hijriy 1436 yil) uchun Zakot nisobi 1 gramm tillaning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 84 000 (sakson to‘rt ming) so‘m ekanligini inobatga olib, 85 gramm tilla hisobidan zakot nisobi 7 140 000 (yetti million bir yuz qirq ming) so‘m ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya’ni 178 500 (bir yuz yetmish sakkiz ming besh yuz) so‘m zakot chiqarish belgilandi.
Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kilogramm bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilansin (Masalan Toshkent shahar bozorida 1 kilogramm bug‘doyning narxi o‘rtacha 1600 so‘m bo‘lsa, demak 2 kilogramm bug‘doy narxi 3200 so‘m bo‘ladi);
Bu yilgi Fidya miqdori bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 10 000 (o‘n ming) so‘m deb belgilansin.


Категория: ISLOM VA DIN HAQIDA
Просмотров: 7419 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: a Fidya, Islom, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fitr sadaqa, Zakot
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
shoxislom5758 olloh hammaga madad bersin!!!!
Like | 0
samiya Xa Ollox yo'lida Bu sonla Hech narsa emas. Uyda ikkita ko'ylagingiz bo'lsa bittasi uchun zakot to'lash lozim dib eshitgandim. Agar ro'za tutolmasez 100kishini qornini to'ydirish kerak.bitta hato qilingan ro'za uchun. Iloxim Olloxim barchamizni iymonimizni butun qilsin
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное