2016-yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi 2016-yil (hijriy 1437-yil) uchun zakot, fitr sadaqa va fidya nisoblarini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining milodiy 2016-yil (hijriy 1437-yil) uchun zakot nisobi 1 gramm tillaning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 135 ming so‘m ekanligini e’tiborga olib, 85 gramm tilla hisobidan zakot nisobi 11 475 000 so‘m ekanligi va mazkur summadan qirqdan bir hissasi, ya’ni 286 875 so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi xulosasi ma’qullandi.
Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kilogramm bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilanadi. (Masalan 2015-yilda Toshkent shahri bozorlarida 1 kilogramm bug‘doyning narxi o‘rtacha 2000 so‘m bo‘lsa, demak 2 kilogramm bug‘doy narxi 4000 so‘m bo‘ladi).
Fidya miqdori uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 10 000 (o‘n ming) so‘m deb belgilandi.