Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

1 yanvardan O‘zbekistonda benzin narxi oshishi tasdiqlandi

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan 2016 yil 1 yanvardan benzin iste’moli solig‘i oshiriladi.
Yangi yilda jismoniy shaxslardan olinadigan soliq 45 so‘mga oshib, 335 so‘mga yetdi. Ilgari bu ko‘rsatkich 290 so‘mga teng edi.
Shu munosabat bilan, 1 yanvardan boshlab avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida bir litr benzinning narxi 45 so‘mga qimmatlashadi. “O‘zneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi vakili ham ushbu xabarni tasdiqladi.
“Benzinning zavod narxi o‘zgarishsiz qolgan, faqat benzin iste’moli solig‘i oshirilishi munosabati bilan benzinning barcha markalari narxi aholi uchun 45 so‘mga qimmatlashadi”, - dedi kompaniya vakili.
Shunday qilib, 1 yanvardan boshlab mos ravishda A-80 markali benzin narxi 2030 so‘mdan 2075 so‘mga, Ai-91 markali benzin esa 2235 so‘mdan 2280 so‘m, Ai-95 – 2460 so‘mdan 2505 so‘mga va dizel yonilg‘isi narxi – 2200 so‘mdan 2245 so‘mga qimmatlashadi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3690 | Рейтинг: 2| Рейтинг: oshishi tasdiqlandi, benzin narxi, O‘zbekiston, 1 yanvar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное