1-dekabr kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab tuman tushishi kutiladi
O‘zbekistonda 1-dekabr kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq butun mamlakat bo‘ylab tuman tushishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lumot berdi.
Xususan, Toshkent shahrida 30-noyabr kuni kechasi va 1-dekabr kuni ertalab tuman tushishi mumkin, mamlakatning qolgan hududlarida esa ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Harorat kechasi +2…+8 darajagacha iliq, tog‘li hududlarda 0…+5 daraja iliq, kunduzi esa +9…+18 daraja iliq, tog‘li hududlarda esa +7…+12 daraja bo‘lishi kutilmoqda.
Foto: Tuman ostidagi Toshkent (foto)