+18. Andijonda fojia: erkak va uning onasi halok bo‘ldi
Joriy yilning 23 iyul kuni soat 10:00 larda, Andijon viloyati, Andijon tumani, Qurama MFY hududidan o‘tuvchi A-373 “Toshkent-O‘sh” xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘lining 485-kilometrida haydovchi, 1997 yilda tug‘ilgan F.A. “Neksiya 3” rusumli transport vositasini boshqarayotib, karama-karshi yunalishga chiqib, haydovchi, 1980 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvida bo‘lgan “Spark” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Ushbu vaqtda yana bir haydovchi, 1981 yilda tug‘ilgan N.T. “Spark” rusumli transport vositasida harakatlanib kelib “Neksiya 3” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Natijada, “Spark” rusumli avtomobil xaydovchisi A.A. hamda onasi 1958 yilda tug‘ilgan F.A. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etishgan. Ushbu avtomashina yo‘lovchisi 1986 yilda tug‘ilgan D.X. tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur YTH yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi TB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.