Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

179 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi




O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi. Hujjatning to‘liq matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
Farmonda, jumladan, shunday deyiladi: 
 
“Bugungi kunda fuqarolik berish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va bunday yuksak unvonga munosib shaxslarni, eng avvalo ‘O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida’gi Qonun kuchga kirgan vaqtda turli obyektiv va boshqa hayotiy vaziyatlarga ko‘ra chet elda bo‘lgan respublikaning mahalliy aholisi orasidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risida asosli qarorlar qabul qilish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
 
Mazkur choralarning amalga oshirilishi xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplariga to‘la mos keladi va o‘zbek zaminida tug‘ilib, o‘sib-ulg‘aygan hamda Vatanimizning taraqqiyoti va ravnaqiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan shaxslarning manfaatlarini nazarda tutadi”. 
 
Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan Farmon bilan ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda istiqomat qilayotgan 179 kishining arizasi qanoatlantirildi va ular O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
 
 


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3904 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoyev
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NuR_KR Ha yaxshi bobdi!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное