Rossiyada Zika virusidan kasallanish bilan bog‘liq beshta holat aniqlandi. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova jurnalistlarga ma’lum qildi, deya TASSyozmoqda.
Popovaning aytishicha, Zika virusi bilan zararlanganlarning barchasi Dominika respublikasida dam olib kelganlardir. “Bugungi kunda ular davolanib chiqdilar, sog‘lom va o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar.
“Mazkur virus bilan zararlanish xavfi har doim bor mavjud. Shuning uchun, xorijdan kelgan, o‘zini yomon his qilayotgan barcha fuqarolar obdon tekshiriladi”, deb qo‘shimcha qiladi Popova.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti joriy yilning 1 fevralidan Zika virusining Janubiy va Shimoliy Amerika davlatlarida tarqalganini tasdiqlagan edi. Mazkur virusning tarqatuvchisi “Aedes aegypti” chivini hisoblanadi. Ayni damda virus Osiyo, Afrika va Tinch okeani mintaqasida ham aniqlangan.
Zika virusi bilan og‘rigan homilador ayollardan sog‘lom farzand tug‘ilmasligi tasdiqlangan. Virus homilaning aqliy jihatdan nosog‘lom tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkin.