Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh Boshqarmasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, 22 iyun kuni soat 11.00 da Yunusobod tumanida fohishaxona borligi aniqlandi. Ma'lum bo'lishicha, 46 yoshli Ramil M. muntazam ravishda 100 ming so'm evaziga “yolg'iz qolishni istaganlar”ga uyidan joy berar ekan.
Ushbu fakt bo'yicha hozirda aybdorga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi bo'yicha (“Qo'shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ishi qo'zg'atildi.