Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yomg‘irlar mavsumi tugadimi? Ushbu haftada havo 37 darajagacha isishi aytildi
Joriy yilning 13-14 aprel kunlari O‘zbekiston bo‘ylab harorat keskin ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Xususan, 13 aprel kuni shimol, janub viloyatlari bilan bir qatorda Buxoro va Navoiy viloyatlarida kunduz kuni havo harorati 37 darajagacha qiziydi. 14 aprel kuni shimoliy hududlardan tashqari respublika bo‘ylab mavsum uchun xos bo‘lmagan juda yuqori havo harorati kutiladi. Shu kuni hatto vodiy va Toshkent viloyatlarida ham harorat 37 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi. 12-13 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 14 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 25-30 daraja, 13 aprelda kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq, 14 aprelda kechasi 13-18 daraja, kunduzi esa 20-25 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 13-14 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 28-33 daraja issiq, 13 aprelda kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq, 14 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 13-14 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq, 13 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq, 14 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja, ba’zi joylarda 37 darajagacha issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 13-14 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 28-33 daraja, 13 aprelda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 32-37 daraja, 14 aprelda kechasi 15-20 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 14 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 6-11 daraja, kunduzi 22-27 daraja iliq, 13 aprelda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 14 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 13-14 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12 aprelda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja, 13-14 aprelda 20-25 daraja iliq bo‘ladi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 929 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Yomg‘irlar, isishi aytildi, haftada, tugadimi, 37, havo, Ushbu, darajagacha, mavsumi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное