Xitoyda havo ifloslanishi rekord darajaga yetib bordi
Xitoyning ayrim hududlarida bugungi kunga kelib havo ifloslanishi darajasi me’yoridan 56 barobarga oshib ketgan. Bu haqda Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotiga asoslangan holdaThe Guardian nashri xabar bermoqda.
Oxirgi yakshanba smog tufayli mamlakat shimoli-sharqida aholi gazniqob foydalanishga majbur bo‘lgan edi. Lyaonin viloyatida oknologik xastaliklar va yurak kasalliklarini chaqiradigan PM2.5 havo zarralarining rekord darajada to‘planishi kuzatildi. Bunday zararli zarralarning tarqalishi qish boshlanishi bilan xitoyliklar uylarini isitish maqsadida ko‘p miqdorda ko‘mir yoqa boshlashi bilan bog‘liqdir.
CCTV davlat telekanalining ma’lumotlariga qaraganda, smog tufayli viloyat poytaxti Shenyanda odamlar 100 m dan narisini ko‘ra olmay qolgan.
“Ko‘chada bo‘lsam, ko‘zim va tomog‘im og‘riy boshlaydi, - dedi telekanlga intervyu bergan mahalliy aholi vakili. – Nima qilishni bilmayapmiz”.
Bu voqealar ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.