Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zgidromet joriy haftada qanday ob-havo kutilayotganini e’lon qildi

Bugun, 31 oktyabr kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduzi 13-18° ni tashkil etadi,  janubda va cho‘l hududlarda 19-21° gacha bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

Ertaga, 1 noyabr kuni respublika shimoliga nam bulutli massivlar kirib kelishi boshlanadi,  buning hisobiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va kechga tomon Xorazm viloyati bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

O‘zbekistonning qolgan hududlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 2-7° iliqni, kunduz kuni 16-21° ni tashkil etadi, janubda va cho‘l hududlarida 23-25° gacha bo‘ladi. 

2 noyabr kuni mamlakatning barcha hududlari nam havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Kunduzgi harorat 12-17° gacha pasayishi kutilmoqda. 

3-4 noyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Ushbu kunlarda harorat kechalari 5-10° ni, kunduz kunlari 12-17° ni tashkil etadi. 

31 oktyabr 2 noyabr kunlari ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1958 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Qanday, qildi, O‘zgidromet, joriy, ob-havo, haftada, e’lon, kutilayotganini
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное