1 dekabrdan cheksiz internet narxi 2 baravardan ko‘proq qiymatda arzonlashadi
2018 yilning 1 dekabridan boshlab UZTELECOM yangi kafolatlangan cheksiz internet tarif rejalarini taqdim etadi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IT-texnologiyalarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va ularning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o‘rniga bag‘ishlangan anjumanda ishtirok etayotgan “Xalq so‘zi“ muxbiri xabar bermoqda.
Kompaniyaning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda birinchi marta 2 Mbit/s tezlikka ega kafolatlangan cheksiz internet narxi oyiga 88 ming so‘mni tashkil etadi.
Bu oldingi shunday tarif rejasidan 2 martadan ko‘proq qiymatda arzonroq ekani aytilmoqda.
Bundan tashqari, endi tarif rejalarida “gacha“ qo‘shimchasi mavjud bo‘lmaydi. Bu tanlab olingan tezlikning kafolatlanishini anglatadi. Misol uchun endi siz 1 Mbit/s tarif olsangiz bu internet aynan 1 Mbit/s barqaror tezlikdagi internetni anglatadi.