Bugun va hafta davomida O‘zbekiston bo‘yicha avgust oyining oxirigi o‘n kunligi uchun me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan qulay harorat bilan asosan ochiq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga Ural (Rossiya) hududidan salqin havo massasi kirib keldi. Havo harorati kechalari 10-15 darajagacha, kunduz kunlari 25-30 darajagacha pasaydi.
Yangi hafta davomida kechalari harorat 12-17 darajadan yuqori bo‘lmaydi, haftaning birinchi yarmida kunduz kunlari harorat 27-30 daraja atrofida bo‘ladi, ish haftasining oxiriga kelib harorat 31-34 darajagacha biroz ko‘tariladi.
Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatiladi.