Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Qishda harorat qanday bo‘ladi? O‘zgidromet prognozlarni e’lon qildi
Kelayotgan qish fasli me’yoriy va me’yordan biroz yuqori harorat fonida o‘tishi, mavsumda yog‘ingarchilik bo‘yicha me’yordan kam yog‘in kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.  

Qayd etilishicha, yaqinlashayotgan qish mavsumi uchun tuziladigan prognoz haqida so‘zlashga hali juda erta, ammo iqlim ma’lumotlari tahlili va yetakchi jahon markazlari tomonidan 2022-2023 yillarning sovuq davri uchun tuzilgan dastlabki hisoblariga ko‘ra, qish mavsumi harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlar atrofida va undan biroz yuqori hamda yog‘ingarchilik taqchilligi bilan o‘tishi kutilmoqda.

Kelayotgan qish mavsumi davomida sovuq ob-havo davrlarida harorat 5-10 darajagacha, shimolda esa 15-20 darajagacha sovuq bo‘lishi ehtimoldan holi emas. Bu qish oylari uchun iqlim me’yoridan 5-8 darajaga past hisoblanadi.

O‘zgidrometning ta’kidlashicha, oxirgi eng issiq qish mavsumi 2015-2016 yillarda bo‘lib, qishning o‘rtacha harorati me’yordan 5-6 darajaga yuqori bo‘lgan. Oxirgi 20 yillikda eng sovuq qish esa 2011-2012 yilning qish oylari o‘rtacha harorati me’yoriy ko‘rsatkichlardan 3-4 daraja past kelgan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2495 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qishda, harorat, e’lon, O‘zgidromet, prognozlarni, qildi, bo‘ladi, Qanday
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 22:16
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное