Esquire jurnali 2017 yilning eng yaxshi ekshen-filmlari o‘ntaligini e’lon qildi.
Ushbu ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini rejissyor Kristofer Nolanning “Dyunkerk” filmi egalladi. Film Ikkinchi jahon urushidagi dramatik voqea – Dyunkerk operatsiyasi vaqtida 300 nafar britan va fransuz askarlarining qutqarilishi haqida bo‘lib, unda Kennet Brana, Killian Myorfi, Tom Xardi, Mark Raylens, Finn Uaytxed, Tom Glinn-Karni va Garri Staylslar rol ijro etganlar.
2-o‘rinni esa DC komikslari bo‘yicha suratga olingan “Mo‘’jiza-ayol” (Wonder Woman) filmi oldi. Filmda bosh rolni aktrisa Gal Gadot ijro etgan.
3-o‘rinni yaqinda prokatga chiqqan, rejissyor Tayka Vaytitining “Tor: Ragnaryok” (Thor: Ragnarok) filmi olgan.
Shuningdek, o‘ntalikdan “Logan” (Logan), “Maymunlar sayyorasi. Urush” (War for the Planet of the Apes), “Bolakay drayvda” (Baby Driver), “Jon Uik — 2” (John Wick: Chapter Two), “Kong. Kalla suyagi oroli” (Kong: Skull Island), “O‘rgimchak-odam. Uyga qaytish” (Spider-Man: Homecoming) va “Shaddod mallasoch” (Atomic Blonde) filmlari joy olgan.