Yerda hayot yuzaga kelishidan oldin sayyora atmosferasida kislorod bo‘lmagan. Sianobakteriyalar paydo bo‘lgach, uning zichligi osha boshlagan. So‘nggi bir necha yuz million yil ichida sayyoraning havo qatlamidagi gazlar tarkibi barqaror darajada bo‘lib kelgan.
Tadqiqotchilar so‘nggi bir necha yuz ming yil davomidagi atmosferadagi kislorod konsentratsiyasi darajasini tekshirib ko‘rdi, buning uchun Grenlandiya va Antarktidan olingan muz namunalarini tahlil qildi. Ularda o‘tmishdagi havo tarkibi haqidagi ma’lumotni o‘zida saqlovchi pufakchalar bo‘ladi. Olimlar kislorod va azot izotoplari nisbatlarini aniqlab, hayot uchun zarur gaz miqdori qariyb bir foizga kamaygan, degan xulosaga keldi.
Olimlar bunga bir nechta sabablarni taklif qilmoqda. Birinchidan, eroziya tezligining oshishi oksidlanish jarayonlarini kuchaytirgan bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, so‘nggi million yillar ichida gidrosferaning o‘rtacha harorati kamaydi, natijada okeanlar o‘zida ko‘proq kislorodni eritib yuborishga qodir bo‘ldi.