Yarim yilda O‘zbekistonda 14,8 mingta oilaning nikohi bekor qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatning demografik holati bo‘yicha raqamlarni e’lon qildi.
Statistika qo‘mitasi Axborot xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 6 oyi davomida O‘zbekistonda FHDYo organlari tomonidan 92,4 mingta nikoh qayd etilgan.
Nikohdan ajralishlar soni 14,8 mingtani tashkil qilgan. Respublika bo‘yicha nikoh tuzish koeffisienti 5,9 promilleni, nikohdan ajralish koeffisienti esa 0,9 promilleni tashkil etdi.