Yaponiyada “Pokemon Go” bilan bog‘liq birinchi o‘lim holati kuzatildi
Yaponiya polisiyasi “Pokemon Go” o‘ynayotib avtomobilda ikki nafar keksa yoshdagi ayolni urib ketgan erkakni hibsga oldi. Ayollardan biri, 72 yoshli Yukiko Nakanishi vafot etdi, deya “International Business Times” xabar bermoqda.
Polisiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli tokusimalik fermer Kendzi Goo mashinani boshqarayotib smartfonda “Pokemon Go” o‘ynayotganiga iqror bo‘lgan.
Nashrning yozishicha, bu Yaponiyada “Pokemon Go” bilan bog‘liq birinchi o‘lim holatidir.
Bundan oldin, mazkur o‘yin bilan bog‘liq Yaponiyada 80dan ortiq baxtsiz hodisalar kuzatilgan. Masalan, Osakadagi Kinki universitetining talabasi pokemon ovlayotib zinapoyadan yiqilib tushgan va shifoxonaga yotqizilgan.