O‘zbek shou-biznesida 2019 yilning ilk chaqalog‘i dunyoga keldi. Kecha, 14 yanvar kuni “Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Dilso‘z va xonanda Farrux Raimov o‘g‘il farzandli bo‘ldilar.
Farrux va Dilso‘z 2015 yil turmush qurishgan edi. O‘sha yilning oktabr oyida to‘ng‘ich farzandlari – Dilso‘z dunyoga keldi. Oradan ko‘p o‘tmay, 2017 yilning sentabr oyida yana qiz farzandli bo‘ldilar.
Xonanda Dilso‘z farzandli bo‘lgani haqidagi quvonchli xabarni ijtimoiy tarmoqdagi kuzatuvchilari bilan bo‘lishar ekan, shunday yozadi:
“Aziz do‘stu birodarlarimiz, bircha tilaklar va niyatlar uchun hammaga katta rahmat. Yaratganga behisob shukurlar bo‘lsin. O‘g‘il farzand ne’mati bilan Yaratgan bizni siyladi”.
Xonandaning ma’lum qilishicha, chaqaloqqa Muhammad Saloh deb ism berilgan.