"Mango" guruhining vakili Farrux Raimov yakkaxon ijodini boshladi
Kuni kecha san’at olamidagi xushovoz xonanda Dilso‘z bilan baxt qasrini qurgan "Mango" guruxining vakili Farrux Raimov bir olam yangi taassurot va g‘oyalar bilan ijodga kirishgan. Bugungi kunda yakkaxon ijodini boshlagan xonanda baravariga yangi ikkta tarona ustida ishlab tayyor holiga keltirdi. Shoir Nizomiddin Muxammadoxun qalamiga mansub bo‘lgan "Meni sev" qo‘shig‘i hamda shoir Nodir Azimov matni asosida yaratilgan "Mayli yor" taronalarining kompozitori Iqbol Muxammadjonovdir.
Mazkur taronalar uchun tez kunda videoklip ham tasvirga olinadi. Ayni damda ijodiy jamoa klipning ssenariysi ustida bosh qotirishmoqda. Bizni kuzatib boring tez kunda klip jarayonlaridan fotoreportajimizni taqdim etamiz.