O'zbeknavo estrada birlashmasi rasmiy (uzbeknavo.uz)
saytida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra bir qator estradamiz vakillarining
litsenziyalari tugatilganligi ma'lum qilindi. Joriy yilning 18-iyun kuni
birlashmaning MR-11/1-son buyrug'iga asosan O'zbekistonda xizmat
ko'rsatgan artist Dilfuza Ismoilova, Nihol mukofoti sovrindori Otabek
Mutalxo'jayev, xonanda Dilshod Rahmonov, Ummon va Mango guruhlari
xonandalarining litsenziyalari amal qilish muddati tugatildi. Bundan tashqari
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Izzatilla Ibragimov, Sobirjon
Mo'minov, Alisher Turdiyev, Ravshan komilov, Toir Qo'ziyev, Nihol mukofoti
sovrindori Hulkar Abdullayeva va xonanda Farhod Saidov qattiq ogoxlantirildilar
hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish uchun ularga 1-iyulga qadar muddat
berildi. Yuqoridagi ma'lumotga tayanadigan bo'lsak, endilikda yoshlarimizning
sevimli guruhlaridan Ummon hamda Mango guruhlari ijodi litsenziya masalasi hal
etilguniga qadar tv ekranlari hamda radio efirlarida taqdim etilmaydi. Bundan
tashqari litsenziyasi mavjud bo'lmagan ijodkorlar konsert dasturlarida ham
qatnashish xuquqidan maxrumlar. Kim biladi deysiz, balki bu ijodkorlar uchun
shou-biznes olamida boshqa joy yo'qdir. Balki vaqt o'tib ijodkorlar yana o'zlarini
namoyon etadilar hamda o'z litsenziyalarini qaytib olishar. Buni esa vaqt
ko'rsatadi. Muxlislardan esa sevimli ijodkorlarini qo'llab-quvvatlashda davom
etishlarini so'rashimiz mumkin holos.