Xitoyda yana bir marta “Vikipediya” to‘liq bloklandi. Bu safar elektron ensiklopediyaning himoyalangan HTTPS protokoliga o‘tishi bunga sabab bo‘ldi, deya xabar qilmoqda PixelsTech portali.
HTTPS protokoliga o‘tilishi Xitoy hukumatining “Vikipediya” orqali tarqatilayotgan materiallar ustidan nazorat o‘rnatishiga imkon bermay qo‘ydi. OAV ma’lumotiga ko‘ra, endilikda xitoy foydalanuvchilari nafaqat xitoycha sigment, balki butun boshli ensiklopediyaga kira olishmaydi.
Xitoyda birinchi marta elektron ensiklopediyaga cheklov 2004 yilning iyunida Tyananmen maydonidagi hodisalarga bir to‘lishi munosabati bilan joriy etilgan edi. Shundan so‘ng “Vikipediya” ko‘p marotaba bloklandi.