Xitoyda boshni ko‘chirib o‘tkazishga nomzodlar paydo bo‘la boshladi. Bu haqda, Miami Herald nashriga asoslanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Aytilishicha, birinchi nomzod 62 yoshli gaz kompaniyasi xodimi Van Xuanmin bo‘ldi — u olti yil muqaddam butunlay falaj bo‘lib qolgan edi. O‘shanda do‘sti bilan hazillashib mushtlashgan paytida jiddiy jarohat olgan erkak shu bilan to‘shakka mixlanib qoldi.
Hozir u yangi tanaga ega bo‘lishni istamoqda. Nashrning bildirishicha, operatsiya Xarbinda, taniqli jarroh-transplantolog Ren Syaopin tomonidan amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, italiyalik jarroh Serjio Kanavero 2017-yilda tanani ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazishni rejalashtirmoqda.