Xarkovdagi vaziyat murakkablashmoqda – rossiyalik harbiy
Rossiya kuchlari Xarkov viloyatidagi 25 ga yaqin aholi punktini nazorat qilmoqda. Mintaqaning harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Vitaliy Ganchev hududda harbiy nazorat o‘rnatilganini ma’lum qildi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.
“Kulrang zonada qancha aholi punktlari bor – buni hech kim aniq aytolmaydi. Frontda vaziyat beqaror. Aytishim mumkinki, hozir 25 ga yaqin aholi punkti Rossiya Federatsiyasi nazorati ostida”, deydi Ganchev.
Ganchevning ta’kidlashicha, Xarkovda vaziyat ancha murakkab ko‘rinish olgan.
“Bu yerdagi vaziyat ancha murakkab, shuning uchun hali otishmalar to‘xtamaydi”, deydi u.
2022 yil 10 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Donbassdagi harakatlarni kuchaytirish uchun Xarkov viloyatining Balakleya va Izyum viloyatlarida joylashgan qo‘shinlar qayta guruhlanganini ma’lum qildi.
70 mingga yaqin odam mintaqani tark etgani ma’lum bo‘lgandi. Ko‘p sonli aholi Belgorod va Voronej viloyatlari va Krasnodar o‘lkasi bilan (tan olinmagan) Lugansk Xalq Respublikasiga evuakuatsiya qilingandi.