Voyaga yetmaganlarni fohishalikka majbur qilgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkentlik Hamid Sultonov voyaga yetmagan ikki qizni fohishalik qilishga majburlab kelgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida o‘tkazilgan brifingda ma’lumot berildi.
2017 yil mart oyining boshlarida H.Sultonov g‘arazli va past niyatlarda, g‘ayriqonuniy ravishda boylik orttirish maqsadida, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan I va Z larga fohishalik bilan shug‘ullanish orqali ko‘p miqdorda pul topish mumkinligini aytgan. Ularni fohisha sifatida yollab, jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratish maqsadida yalang‘och holatda tushgan fotosuratlarini olib, agar talabini bajarmasa, suratlarini ota-onalari hamda o‘quv muassasalariga jo‘natish bilan qo‘rqitgan va fuqarolar I va Z larni majburiy tarzda fohisha sifatida ishlatib kelgani aniqlangan.
O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida Sultonov fuqaro Z dan fohisha sifatida foydalanib, undan 240 000 so‘m miqdordagi pullarni olgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.