«Uzmobile»: Toshkent shahrida mobil internet tezligi oshirildi
2020 yil 6 apreldan 7 aprelga o‘tar kechasi «O‘zbektelekom» AKning «O‘zMobayl» filiali texnik xizmati Toshkent shahrida uyali aloqa tarmog‘ini modernizatsiya qilish va kengaytirish, shuningdek LTE qamrov zonasini kengaytirish loyihasi bo‘yicha ishlarni muvaffaqiyatli yakunladi. Natijada, LTE internet standartidan foydalanish tezligi sezilarli darajada oshirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. «Uzmobile» texnik jamoasi karantin davrida ham, barcha zarur xavfsizlik choralariga rioya qilgan holda tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni davom ettirmoqda. Ushbu loyihaning asosiy maqsadi - barcha mavjud 2G/3G baza stansiyalarini LTE (4G) standartiga o‘tkazish, bu esa o‘z navbatida «Uzmobile» abonentlari uchun keng polosali mobil aloqa xizmatlaridan foydalanish tezligini va imkoniyatini oshirishdan iborat bo‘lib, shubhasiz, karantin davrida aholi uchun juda muhimdir. 2020 yil 6 apreldan 7 aprelga o‘tar kechasi LTE tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlar yakunlandi, bu natijada esa LTE standartidagi mobil internet tezligini oshirishga imkon berdi. Shuningdek, yil boshidan Bekobod, Bo‘ka, Piskent, Ohangaron, O‘rtachirchiq, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on, Chinoz, Yangiyo‘l tumanlaridagi mavjud barcha baza stansiyalarini LTE (4G) texnologiyasiga modernizatsiyalash bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar yakunlandi. Tarmoqni kengaytirish va modernizatsiya qilish loyihasi doirasida respublikaning barcha hududlarida ishlar rejalashtirilgan.
Samarqand tumanlarida ham shu ahvol 3G ishlamaydi tex подержкага ishlamayabdi desez точка доступ junatadimi ee bir narsalani yuboradi baribir foydasi yuq junatganini ishlamaydi iloji busa shuni yetkazib quying Uzmobilega