UzMobile elektr energiyasini tejash uchun “ENHAT GSM” tarifini taqdim etdi
UzMobile Milliy mobil aloqa operatori “O‘zbekenergo” ENHAT tizimiga ulangan obyektlar uchun M2M sektorining optimal yechimi sifatida maxsus “ENHAT GSM” tarif rejasi amal qilishini e’lon qildi.
“ENHAT GSM” tarif rejasiga ulanish bepul, SIM-karta narxi ulanishdagi abonent to‘loviga kiritilgan. abonent to‘lovi oyiga $ 1,5 bo‘lib, ma’lumotlar uzatish (VPN) kiritilgan trafik limiti 100 Megabaytdan foydalanish imkonini beradi, limitdan tashqari bir megabayt narxi — $0,07.
Tarif reja faqat “O‘zbekenergo” ENHAT (Elektr energiyasi nazorati va hisoblash avtomatlashtirilgan tizimi) tizimiga ulangan obyektlar uchun taqdim etiladi. Internet va tashqi tarmoqqa chiqish blokirovkalangan. Ulanish faqat IP-manzil bo‘yicha ma’lumotlar uzatish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Agar abonent xizmatni hisobot oyi mobaynida faollashtirsa (to‘lov kiritilishi yo‘li bilan), abonent to‘lovi faollashtirilgan vaqtdan oyning qolgan kunlariga nisbatan hisobiga olinadi.
Mazkur yechim energiya resurslarining sarfi haqida avtomatlashgan monitoring tizimi doirasida ma’lumotlarni himoyalangan holda uzatilishini ko‘zda tutadi. Energiya resurslari iste’moli hisoblagichlari ma’lumotlarini uzluksiz ravishda, energiya resurslarini hisobga olish markaziy tizimi serveriga uzatishni ta’minlaydi. Aloqa kanallari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish darhol sodir bo‘ladi, shu sababli hisob maksimal aniqlikda amalga oshadi. Bu energiya resurslarini yetkazib berishni samarali rejalashtirish imkonini beradi, demak – energiyaning tejalishini yaxshilaydi, yo‘qotishlarni qisqartiradi va yonilg‘ini tejab qoladi, yetkazib berishda boshqacha rejalashtirish imkonini beradi. Mutaxassislar bahosiga ko‘ra, shunday yechimlardan foydalanuvchi ko‘plab mamlakatlarda, energiya resurslarini texnik hisoblashlarning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etilishi energiya iste’molini sezilarli darajada kamaytiradi.
Ma’lumot uchun. ENHAT – “O‘zbekenergo” davlat aksiyadorlik kompaniyasi joriy etayotgan elektr energiyasining nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi. Dasturning maqsadi tijorat yo‘qotishlarini kamaytirish va mamlakat energetik balansini boshqarishni yaxshilashdan iborat. Bunga hisob va nazorat tizimini yaxshilash hamda hisoblarni olib chiqish, shuningdek, tijorat boshqaruv tizimi sifatini oshirish orqali erishiladi.
Dastur energiya tarmoqlari korxonalari to‘lovlarining yig‘ilish darajasini oshiradi, bu esa ularning moliyaviy barqarorligi va foydalanishda samaradorligining oshishiga olib keladi. Shuningdek, bu narxi hamda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha ochiq va adolatli ma’lumotlar yetkazilishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, bu iste’molchilarga elektr energiyasidan yanada samarali foydalanishga yordam beradi. Natijada uzoq muddatli rejada energiya yo‘qotilishini kamaytirishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida, atrof muhit muhofazasida uglerod chiqindilarining kamaytirishiga yordam beradi.