«Mobilnix telesistem» kompaniyasining O‘zbekistondagi sho‘’ba
korxonasi - bankrot deb e’lon qilingan "Uzdunrobita" MChJga tegishli mulk
davlat hisobiga o‘tkaziladi.
Bu haqda O‘zbekiston Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya
texnologiyalari davlat qo‘mitasiga tayangan «Interfaks» agentligi xabar bergan,
deb yozadi gazeta.ru «O‘zdunrobita» aktivlarini
davlat organlariga topshirish haqidagi qaror shu yilning 12 avgust kuni kreditorlar
qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan.
Bundan avval, «Uzdunrobita» MChJning mulki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kreditorlarga
tavsiya qilinishi va bu ham ish bermasa kompaniya aktivlari hukumat tasarrufiga
o‘tishi mumkinligi xabar qilingandi. Avval xabar berib o‘tganimizdek, ishchi komissiyasi
tomonidan umumiy boshlang‘ich narxi 1,07 trln.so‘m bo‘lgan "Uzdunrobita"
va uning 14 ta filialini auksion orqali sotishga bo‘lgan urinish muvaqqaqiyatsizlikka uchragan edi. Belgilangan kim oshdi savdaolarida kompaniya mulklarini sotib olish uchun
birorta taklif kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz,
«O‘zdunrobita» shu yilning 18 yanvar kuni bankrotlik haqida sudga ariza bergan va
Toshkent shahar
xo‘jalik sudi tomonidan aprel oyining 22-sanasida bankrot deb topilgan edi.