Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

«UzAuto Motors» 1 oktyabrdan narxlarni oshirmaydigan bo‘ldi, faqat...


«UzAuto Motors» AJ 2019 yilning 1 oktyabridan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga asosan yurtimizda ishlab chiqarilgan yangi avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun Respublika yo‘l jamg‘aramasiga amalga oshiriladigan 3 foiz miqdoridagi yig‘im avtotransport vositalari ishlab chiqaruvchilari tomonidan to‘lanishi belgilangani haqida ma’lum qildi.

«Mazkur o‘zgarish o‘z navbatida xaridorlar uchun qo‘shimcha qulaylik sifatida xizmat qiladi. Endilikda xaridorlar avval Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz to‘lovni avtomobil xarid qilayotgan chog‘ida avtomobil narxi bilan birga amalga oshirishi lozim bo‘ladi», deyiladi xabarda.

Joriy yilning 1 oktyabriga qadar dilerlik korxonasi bilan oldi-sotdi shartnomasini imzolagan, ammo hali avtomobilini olmagan xaridorlar bilan qo‘shimcha kelishuv imzolanadi hamda xaridor tomonidan 3 foiz to‘lov avtomobilni qabul qilib olish chog‘ida dilerlik korxonasiga to‘lanishi kerak bo‘ladi. Shu bilan xaridorlardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida to‘lanadigan Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan 3 foiz majburiy yig‘im olinmasligi ma’lum qilingan.

Aytish joizki, «UzAuto Motors» AJ 1 oktyabrdan e’tiboran QQS to‘lovchisiga aylanadi va kompaniya tomonidan mazkur holat xaridorlarga ortiqcha sarf-harajat va noqulaylik keltirib chiqarmasligi uchun barcha sa’y-harakatlar amalga oshirilgan hamda avtomobil narxlari Respublika yo‘l jamg‘armasiga amalga oshiriladigan mazkur to‘lovni inobatga olmaganda o‘zgarishsiz qoldirilgan.

«Hurmatli xaridorlar! Sizdan avtomobil xaridi chog‘ida dilerlik korxonalari xodimlari tomonidan narxlar oshishi borasida berilayotgan boshqa ma’lumotlarga ishonmaslikni, barcha rasmiy ma’lumotlar faqat kompaniyaning rasmiy saytida e’lon qilinishi hamda avtomobillaringiz shartnomada belgilangan muddatlarda taqdim etilishini ma’lum qilamiz», deyiladi «UzAuto Motors» AJ xabarda.



Manba:xabar.uz
Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 2950 | Рейтинг: 0| Рейтинг: UzAuto Motors, 1 oktyabr
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное