«O‘zbekenergo»: 1 oktyabrdan elektr energiyasi narxlari oshiriladi
Yoqilg‘i energiya boyliklarini tannarxi oshish munosabati bilan «O‘zbekenergo» AJ 2016 yil 1 oktyabrdan boshlab elektr energiyasining narxlari oshganligini ma’lum qiladi.
Yangilangan narxlar reestri 13 sentabr kuni O‘zbekiston Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.
Yangi reestrga ko‘ra, aholiga taqdim etiladigan 1 kVts elektr energiyasi narxi 191 so‘mni, elektr plitalar bilan ta’minlangan turar joylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun esa 95,5 so‘mni tashkil qiladi.
To‘liq narxlar jadvali bilan quyida tanishishingiz mumkin.