“UzAuto Motors” AJ tomonidan avtomobillar qoldiqlarini inventarizatsiya qilinishi munosabati bilan 2019-yilning 23-dekabrdan 25-dekabrgacha yangi avtomobillarni xaridorlarga berish vaqtinchalik to‘xtatiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.
Inventarizatsiya kunlari davomida dilerlar tomonidan avtomobil xarid qilish uchun yangi shartnomalarni tuzish davom etadi.
“Kompaniya dilerlik markazlarida inventarizatsiya tugagani haqida onlayn tartibda xabardor qilib boradi”, deyiladi xabarda.