1. Agar uyda archa uchun joy yo`q bo`lsa yoki shunchaki siz archa sotib olishga ulgurmagan bo`lsangiz, daraxt shohidan archa yasashingiz mumkin. Kattaroq ignabargli daraxtning bir shohini devorga osing-da, istaganingizdek yasatavering.
2. Uy burchaklaridan ham unumli foydalaning. U erga kichik hajmdagi archani qo`yiib, kichik o`yinchoqlar bilan bezating.
3. Archa o`yinchoqlaridan faqatgina archani bezatish uchun emas, uyni bezatish uchun ham foydalaning. Dumaloq archa o`yichog`ini yaroqsiz kompyuter diskiga maxsus elim yordamida yopishtiring, so`ng ilgichini olib tashlang. Ichiga yangi yoki sun`iy gullardan solib, stol ustiga qo`ying.
4. Oshxona derazasiga esa o`z qo`lingiz bilan yasagan yorqin rangdagi qor parchalarini yopishtiring, ignabargli daraxt shohi yordamida bezakni yakunlang.
5. Uyingizda doimiy osig`lik turadigan zerikarli suratlarga ham Yangi yil quvonchini ulashing. Bu juda oson, shunchaki ignabargli daraxt shoxlaridan surat tepasiga osib qo`ying.
6. Stol va stullarga ham qizil yoki boshqa rangdagi yorqin tasmadan shunchaki kapalak shaklida boylab qo`ysangiz bas. Shugina bilan e`tiborli uy bekasi ekanligingizga va Yangi yilga hafsala bilan tayyorgarlik ko`rganingini namoyish etasiz.
7. Uyingizda zinapoyalar bo`lsa, ularni o`z didingiz va imkoniyatingizga qarab bezating. Nafaqat bolalaringizga, balki mehmonlaringiz va qo`shnilaringizga ham Yangi yil kayfiyatini ulashasiz.
8. Yangi yil Qorbobosiz bo`lishi mumkin emas. Istasangiz, tayyor Qorbobo shakllarini sotib oling yoki o`zingiz yasang. Agar muzlatkichigiz qorday oppoq bo`lsa, ayni muddao. Rangli qog`ozlardan kichkintoyingiz bilan birgalikda Єorboboning ko`zini, burnini, og`zini, sharfini qirqib oling-da, yopishtirib chiqing. Ishonavering, bu sizga ham, bolangizga ham olam-olam quvonch bag`ishlaydi.
9. Ma`lumki, doim Yangi yil arafasida qor yog`ib, bizni quvontirmaydi. Lekin kuyinmang, axir paxta yordamida sun`iy qor yasab, uydan chiqmay ham qishdan zavqlansak bo`ladi.