Ulug‘bek Rahmatullaevning yulduzlikdan holi shaxsiy hayoti
“Nihol” mukofoti sovrindori xonanda Ulug‘bek Rahmatullaev san’atkor bo‘lmaganida qaysi sohani tanlash mumkinligi haqidagi savollarga javob qaytardi. U Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga kabob pishirayotgani tasvirlangan suratni joylab, quyidagicha izoh qoldirdi.
“Menimcha, agar san’atkor bo‘lmaganimda, oshpaz bo‘lardim. Chunki oshpazlar ham odamlarga xursandchilik ulashadilar”, deydi Rahmatullaev. Qolaversa, xonanda hazil tariqasida kabob pishirib berish uchun buyurtma olishini ham aytdi.
Ulug‘bek Rahmatullaevning nafaqat ijodi, balki shaxsiy hayotiga chetdan nazar tashlab, shuni alohida e’tirof etib o‘tish joizki, xonanda shou-biznesdagi eng oilaparvar erkak xonandalar sanaladi. U bo‘sh vaqtini ko‘p hollarda farzandlari va oila a’zolari bilan o‘tkazadi. Kabob pishirayotgandagi tasvirlar ham shunchaki ko‘zbo‘yamachilik emas, aksincha, Rahmatullaevning yulduzlikdan holi shaxsiy hayotidan namuna.