Ulug‘bek Rahmatullaevning "Sog‘inch fasli"ga start berildi
Ma’lumki, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ulug‘bek Rahmatullaev 8 noyabrdan 13 noyabrgacha "Sog‘inch fasli" nomli yakkaxon konsert dasturini namoyish etadi. Kuni kecha mazkur konsertga start berildi. Ilk kunidanoq fayzli va omadli o‘tgan dastur, tomoshabinlarni quvontirdi. Sara va xit taronalar, yangi qo‘shiqlar, duetlar, kutilmagan sovg‘alardan bahramand bo‘lgan muxlislar Ulug‘bek Rahmatullaevning samimiy dasturini olqishlab, unga tasannolar aytishdi. Hali oldinda yana bir necha kunlik konsert dasturi bor. Dastur yuqori kayfiyatda, ilk kundagidek maroqli va mazmunli bo‘lishiga shubhamiz yo‘q. Konsert haqida, unda yangragan qo‘shiqlar, duetlar borasida albatta keyingi yangiliklarimizda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.