Ulug‘bek Rahmatullaevning ham lisenziyasi tugatildi
O‘zbekistonlik taniqli xonanda Ulug‘bek Rahmatullaevning lisenziyasi tugatildi. Bu haqda “O‘zbekkonsert” xabar berdi.
Unga ko‘ra, lisenziat Ulug‘bek Rahmatullaev bilan tuzilgan lisenziya bitimi talab va shartlari buzilganligi, sababli, ushbu xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilishi “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan 2018 yil 27 iyundan tugatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xonandalar Sardor Rahimxon, Asilbek Nigmatov, Feruza Jumaniyozova, Tohir Usmonovning lisenziyasi tugatilgan edi.
Nimaga? Endi navbat Ulug`bek Raxmatullayevga keldimi? Qo`shiqlari ma`noli tarbiyaliku? Boshqa bachkana qo`shiqchilar qolib yaxshilarni ro`yxatdan o`chirish kimga kerea bo`ldi?