AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp Amerikaning The Wall Street Journal nashriga intervyu berdi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Nashrda ta’kidlanishicha, Tramp suhbat davomida prezidentlik lavozimida birinchi haftada amalga oshirishni rejalashtirayotgan maqsadlari haqida gapirgan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp, 8 noyabr kuni o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib chiqqan edi. Saylovchilarningi rasmiy ovoz berish jara1yoni 19 dekabrda bo‘lib o‘tadi, 2017 yilning 6 yanvarida esa AQSh kongressi saylov yakunlarini tasdiqlaydi. Saylangan prezident o‘z vakolatlarini 20 yanvar kuni rasman qabul qilib oladi.
Tramp prezidentlikning dastlabki haftasida, eng avvalo, sog‘liqni saqlash va yangi ish o‘rinlarini yaratish masalalari, chegaradagi xavfsizlik va soliq islohoti bilan jiddiy shug‘ullanishini ma’lum qilmoqda, deb yozgan nashr.
Klintonlar bilan munosabati Respublikachi, saylovoldi kampaniyalari davomida, mabodo AQSh prezidenti etib saylansa, Davlat kotibi lavozimida shaxsiy server orqali yozishmalarni amalga oshirgan Xillari Klinton elektron pochtasi ishi bo‘yicha maxsus prokurorlik lavozimini tashkil etishi haqida bir necha marta gapirgan edi.
Amerika nashriga bergan intervyusida esa, prezident etib saylangan Tramp, ayni damda “Klinton maktublari” mojarosi haqida ko‘p ham tashvish chekmayotganini aytib o‘tgan. “Men hozirda ko‘p va xo‘b o‘ylayotgan muammo bu emas”, — degan Tramp nashrga bergan intervyusida. Bundan tashqari, CBS telekompaniyasiga bergan intervyusida, Donald Tramp qachonlardir maslahat olish uchun Bill Klintonga murojaat qilishi mumkinligini ham inkor etmagan.
Shuningdek, Tramp AQShning sobiq prezidenti oilasiga “iste’dodli oila” deb baho bergan. Obamadan meros Tramp, amaldagi prezident — Barak Obama tomonidan sog‘liqni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan islohotlarga nisbatan ham o‘z munosabatini bildirib o‘tgan. U Obama bilan suhbatdan so‘ng, ushbu qonunga tegishli qator nizomlarni kuchda qoldirishi haqida o‘ylayotganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin, milliarder, Obama amalga oshirgan islohotni “fojia” deb atab, uni to‘laligicha bekor qilmoqchiligini ma’lum qilgan edi. Putinga qo‘ng‘iroq Wall Street Journalnashriga bergan intervyusida, Tramp tez orada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbatini amalga oshirishni rejalashtirayotgani haqida gapirib o‘tgan. Tramp, shuningdek, Rossiya yetakchisidan “ajoyib” maktub olganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘zining ommaviy chiqishlari va intervyularida, Tramp, Rossiya va AQSh “kelishib” olsa yaxshi bo‘lishi haqida juda ko‘p gapirgan. AQShning yangi saylangan prezidenti “Putin, Rossiya bilan yaxshi, juda ham yaxshi munosabatlar o‘rnatishga umid qilayotganini” aytgan. Tramp, shuningdek, Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olish masalasini ko‘rib chiqish niyatida ekanligini ma’lum qilgan. Amerikaning 45-prezidenti, intervyu davomida Amerika manfaatlarini har narsadan ustun qo‘yishini va shu bilan birga, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan adolatli munosabat o‘rnatib, adolatli ish yuritishini aytgan.
|