Peskov Putin va Trampning uchrashuvi tayyorlanayotganini tasdiqlamadi
Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning AQShning bo‘lajak rahbari Donald Tramp bilan uchrashuvi tayyorlanayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda “Vedomosti” ma’lum qildi.
“Hozircha bu haqda hech qanday gap yo‘q, bu mutlaqo tekshirilmagan axborot… Hech qanday konkretlik yo‘q, tabiiyki, bu inauguratsiyaga qadar bo‘lishi mumkinligi haqida hech qanday gap bo‘lgan emas”, — ta’kidladi Peskov.
Bir muddat ilgari Putin Tramp bilan telefon muloqoti o‘tkazgani ma’lum bo‘lgan edi. Ushbu yangilikdan so‘ng ular o‘rtasida uchrashuv bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi.