Rossiya prezidenti Vladimir Putin milliarder Alisher Usmonovga “Xayr-saxovati uchun” taqdirlash belgisini topshirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Rossiya davlat rahbari kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarderni “xayriya va jamoat ishlariga qo‘shgan ulkan hissasi uchun” taqdirlashga qaror qilgan.
Alisher Usmonov — Rossiyadagi eng yirik metsenat (homiy)lardan biri. So‘nggi 10 yil davomida Usmonov xayriya maqsadlari va ijtimoiy investitsiyalar uchun 1,7 milliard dollar ajratgan.
2015-yili Rossiya Madaniyat vazirligi Alisher Usmonovni yil metsenati deb topgan edi.
Alisher Usmonovning aytishicha, xayriya faoliyati va homiylik “shaxsan uning o‘ziga tegishli” va u to‘laydigan soliq to‘lovlaridan bir necha karra kattaroqdir.