Tramp Meksika prezidenti Enrike Penya Neto bilan kelisha olmadi
Kecha, 27 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp va Meksika prezidenti Enrike Penya Neto o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Interfax.ru” xabar bermoqda.
1 soat davom etgan suhbat chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi devor borasidagi o‘zaro fikrlar bildirildi.
Avvalroq, Tramp “Meksika hukumati AQSh bilan chegarada qurilajak devor uchun haq to‘lashni istamayapti, agar shunday bo‘lsa, Enrike Penya Netoning AQShga tashrifini bekor qilgan yaxshiroq”, degan fikrni bildirgandi.
Shundan so‘ng, Neto ham shu yilning 31 yanvar kuni AQShga bo‘lib o‘tishi lozim bo‘lgan tashrifini bekor qilishini ma’lum qildi.
Donald Tramp Netoning harakatiga e’tibor qilmadi va Meksika hamda AQSh o‘rtasida devor qurish haqidagi qarorni imzoladi.
Neto ham so‘zlarida sobit turib, Trampning bu harakati bekor ekanini, Mesika devor qurilishi uchun hech qanday haq to‘lamasligini aytdi.