Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov Vladimir Putin Yaponiyaga tashrifi davomida “Kodokan” sharq yakkakurashlari markaziga ham borishini aytib o'tdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.“Kodokan”da ko'rgazmali chiqishlar o'tkaziladi. Ta`kidlanishicha, Putin 2000 yilda u yerda dzyudo tashlash texnikasini namoyish etib bergan. Ushakovning aniqlik kiritishicha, RF prezidenti bu safar tatamiga chiqmaydi.Avvalroq, Rossiya prezidenti “Nippon” telekompaniyasi va “Iomiuri” gazetasiga bergan intervyusida o'zining Yaponiya va dzyudoga bo'lgan muhabbati haqida so'zlab bergandi.“Rostini aytsam “Kodokan”ga katta mamnuniyat bilan tashrif buyurgan bo'lardim. “Kodokan” – dzyudo bilan shug'ullanuvchi, dzyudoga mehr qo'ygan insonlar uchun o'ziga xos bir joydir. Bu maktabdan juda ham kuchli ustalar yetishib chiqqan”, - deya aytib o'tgan Putin.