Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi kafeda ayol erkakni o‘ldirib qo‘ydi

Toshkentdagi kafelardan birida ishlovchi xodimlar o‘rtasida janjal chiqdi. Unda 26 ayol o‘zi bilan ishlaydigan erkakni pichoqladi. Oqibatda erkak olgan tan jarohatlari sabab vafot etgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Voqea joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 00:30 larda Yashnobod tumani Torariq ko‘chasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida sodir bo‘lgan. Mazkur oilaviy oshxonada ishlovchi 26 yashar K.G. (ayol) hamkasbi 28 yashar M.S. (erkak) bilan o‘zaro janjallashib qolgan. O‘sha vaqtda M.S. mast holatda bo‘lgan. Kelishmovchilik ortidan ayol oshxona pichog‘i bilan M.S.ning qorin qismiga bir marotaba zarba berib, tan jarohati yetkazgan. 

Oqibatda  M.S. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. 

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida M.S.da “Qorin o‘ng old devorini teshib kirib jigarni shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati, ichki va tashqi qon ketish” kabi jarohatlar aniqlanganligi va ushbu jarohatlar og‘irlik darajasiga ko‘ra, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlari sifatida baholanishi ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan K.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, K.G. protsessual tartibda ushlangan. 



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1438 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kafeda, o‘ldirib, qo‘ydi, erkakni, Ayol, Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:52
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное