Toshkentda ayolning ikkita qimmatbaho mashinasini yoqib yuborganlar ushlandi
Xabaringiz bor shu yil 8 mart sanasida ayolga tegishli ikkita mashina, BMW X5 va Mercedes GLC yonib ketgan edi. Toshkent shahar IIBBning xabar berishicha, qidiruv natijasida uni qasddan yoqib yuborganlar ushlangan. Umumiy zarar 225 ming dollar ekani aytilayotgan ushbu holatni 30 yoshli samarqandlik Tursin E. va Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli Shaxzod Sh. sodir etgani ma'lum bo'ldi. Ular hozirda qo'lga olingan.