Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda ayol hamkasbini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
Joriy yilning 4 sentyabr kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida ayol o‘zaro janjal sabab hamkasbini o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 4 sentyabr kuni soat 00:30 larda Yashnobod tumanida 26 yoshli fuqaro K.G. (ayol) oshxonada o‘zi bilan birga ishlovchi 28 yoshli, mast holatdagi M.S. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. O‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida K.G. oshxona pichog‘i bilan M.S.ning qorin qismiga bir marotaba zarba berib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, M.S. olgan tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, M.S.da “Qorin o‘ng old devorini teshib kirib jigarni shikastlagan sanchib-kesilgan jarohati, ichki va tashqi qon ketish” kabi jarohatlar aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Yashnobod tuman Ichki ishlar organlari Faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi (IIO FMB) huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan K.G.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda K.G. protsessual tartibda ushlangan.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1107 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Ayol, hamkasbini, o‘ldirib, qo‘ydi, pichoqlab, Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:49
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное