1 iyul kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi 33 yoshli N.X. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida, turmush o‘rtog‘i 36 yoshli N.O‘.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.
Natijada N.O‘. kasalxonaga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. N.X. qo‘lga olingan.