Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, dekabr oyining dastlabki kunlari keskin havo o‘zgarishi kutilayapti.
Qish fasli boshlanadigan dastlabki kunlardan boshlab butun mamlakat bo‘ylabhavo harorati pasayadi.
Jumladan, 1 dekabr kuni Toshkentda havo harorati kunduzi +9, kechasi -2 daraja bo‘lishi aytilmoqda.
2017 yilning 2 dekabr kuni esa kechqurun havo harorati -3 darajada bo‘lishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, shu kuni yomg‘ir aralash qor yog‘adi.