Toshkentda massaj saloni fohishaxonaga aylantirildi
Massaj salonlarida foxishaxonalar tashkil etilganini aniqlash bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda. 24 iyun kuni taxminan soat 01.40 da fuqarolardan kelib tushgan noroziliklar bo‘yicha olib borilgan tadbirlar davomida, Yunusobod tumanida jinoyat qidiruv xizmati xodimlari 26 yoshli Ahmadjon R. 950.000 so‘m evaziga spa salon xonasini xilvat uchun taqdim etganligini aniqlashdi. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bo‘yicha («Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash») jinoiy ish qo‘zg‘atildi.