Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi fuqaro M.Boborahimova O‘zbekiston Respublikasi JKning 135-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etgani uchun Toshkent xalqaro aeroportida huquq tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqida “Darakchi” nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, ayblanuvchi Toshkentda qizlarni aldab, Turkiyaga yuborish bilan shug‘ullangan. Ma’lum bo‘lishicha, u sodda qizlarni Turkiyada oddiy ish bilan ham million-million pul topish mumkinligiga ishontirgan va hatto “hotamtoy”lik bilan aviachiptalarini ham sotib olib bergan.
Turkiyada yetib borgan qizlarni, uning jinoiy sherigi, ya’ni qo‘shmachi kutib olgan. Ular qizlarning hujjatlarini tortib olib, fohishalikka majburlashgan.
Farosati bor qiz chet elga bormiydi, uyda o‘tirib eriyu bollarini xizmatini qiladi. Yaxshigina biladi chet elga nima ish qilgani borishini. Aldandimish... Sotganiyam, sotilganiyam sodda mug‘ombirla >(