Toshkentning Chilonzor tumanida o‘tgan oqshom bir oilaning to‘rt farzandi kutilmaganda vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, oila azolari o‘tgan kech poytaxt oshxonalaridan birida kabob iste’mol qilishgan. Shundan so‘ng bolalarning onasi o‘zini yomon his qilgan.
Uning ovqatdan zaharlangani aniqlangan. Ertalab esa oilaning 6 yoshdan 22 yoshgacha bo‘lgan to‘rt farzandi vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan ekspertiza-tekshiruv ishlari olib borilmokda. Voqea haqida tekshiruv xulosalari chiqqanidan so‘ng batafsil ma’lumot beriladi.