26 oktabr kuni soat 14:12da Toshkent shahrida zilzila kuzatildi. Silkinishlar taxminan bir daqiqa davom etdi. Ularning magnitudasi haqida hozircha hech qanday ma’lumot berilmadi. Taxminlarga ko‘ra, uning kuchi 4 ballni tashkil qildi.
Xabarlarga ko‘ra, Olma-Ota, Chimkent va Tarozda ham 4 balli yer silkinishlari kuzatilgan.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, yer silkinishlari Farg‘ona vodiysi, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham silkinishlar kuzatilgan.
Ayniqsa Samarqand viloyatida zilzila ancha kuchli bo‘lgani aytilmoqda.
Zilzila episentri Afg‘onistonning Hindukush mintaqasida kuzatilib, 7.4 ballni tashkil qildi. U Tojikistonda, shuningdek, O‘zbekistonning, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Andijon va boshqa viloyatlarida kuzatildi. Yer silkinishlari Qozog‘istonning Olma-Ota, Taroz, Chimkent, Qirg‘izistonning O‘sh shaharlarida ham sezildi.