1-iyul, juma kuni soat 19:59 da Toshkentda 2 balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Toshkent seysmostansiyasi ma’lum qildi.
Aytilishicha, zilzila epitsentri Tojikistonning G‘arm tumanida, Toshkentdan 340 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Tabiiy ofatning epitsentrdagi magnitudasi 5,2 ballni tashkil etgan.